2 756
Fuqarolar parlamentga eskirgan va samarasiz qonun-qoidalarga o‘zgartirishlarni taklif qilishi mumkin
Bir oy davomida fuqarolar parlamentga eskirgan va samarasiz qonun-qoidalarga o‘zgartirishlarni taklif etishi mumkin. Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti qonunchilikdagi dolzarb muammolar va ularning yechimiga oid takliflarni o‘rganish maqsadida 5 dekabrdan 2019 yil 5 yanvarigacha “Qonunchilikka tashabbus” aksiyasini o‘tkazmoqda.
Siz o‘z kundalik hayotingizda duch kelgan va sizningcha rivojlanishga to‘siq bo‘layotgan qonunchilikdagi ortiqcha va samarasiz bo‘lgan qoida-talablar haqida o‘z fikr hamda taklifingizni bildiring, deyiladi xabarda.
Jo‘yali takliflarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqadi.
Takliflarni Google Docs platformasi orqali yuborish mumkin.
Asosli takliflar taqdim etgan ishtirokchilar Qonunchilik muammolari instituti tomonidan rag‘batlantiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi