14:36 / 06.12.2018
4 608

Qamchiq dovonida yuz bergan YTH oqibatida 4 kishi halok boʻldi

Qamchiq dovonida yuz bergan YTH oqibatida 4 kishi halok boʻldi
Toshkent viloyati YPX matbuot xizmatining xabariga koʻra, Qamchiq dovoni hududidan oʻtuvchi A 373 “M39 Guliston—Boʻka—Angren—Qoʻqon—Andijon orqali Oʻsh” avtomobil yoʻlining 214-kilometrida 5 dekabr kuni soat taxminan 18:45 larda haydovchi, 1985 yilda tugʻilgan K.B. Nexia-2 rusumli avtoulovni Angren—Namangan yoʻnalishida boshqarib ketayotib, uxlab qolishi natijasida yoʻl qurilish ishlarida xizmat koʻrsatayotgan “IVECO” rusumli maxsus avtokran orqasiga urilib toʻqnashuv sodir etgan.

Nexia avtomashinasi haydovchisining uxlab qolishi oqibatida, oʻzi va yoʻlovchilar 1992 yilda tugʻilgan Q.F, 1999 yilda tugʻilgan F.X. 1936 yilda tugʻilgan A.K.ning umriga zomin boʻldi. Ushbu yoʻl transport hodisasi yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamchiq dovonida yuz bergan YTH oqibatida 4 kishi halok boʻldi