Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2019 yilgi ish vaqti fondining tavsiya etilayotgan hisob-kitobini ishlab chiqdi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Unda ish haftasi turidan kelib chiqqan holda 2019 yildagi ish kunlari soni va ish vaqti me’yori to‘g‘risida axborot berilgan. Mazkur ma’lumotlar har oy, shuningdek chorak, yarim yillik va umuman bir yil kesimida ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 12.11.2018 yildagi PF–5574-son Farmoni bilan rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilangan va dam olish kunlari ko‘chirilgan (sharhga qarang).
«Ish vaqti kalendari» degan norasmiy nomga ham ega bo‘lgan, e’tiborga havola etilayotgan hisob-kitob kadrlar ishini yurituvchi xodimlarga ham, buxgalterlarga ham foydali bo‘ladi.
Birinchidan, u ish soatlari va kunlari, shuningdek dam olish kunlari soni haqida to‘liq manzarani shakllantiradi. Bu tabelni to‘g‘ri yuritish va ish vaqti muvozanatini nazorat qilishda yordam beradi.
Ikkinchidan, korxonada ish vaqti hisobi qo‘shib yuritilsa va har bir xodim uchun uning me’yori belgilangan hisob davriga (oy, chorak, yarim yillik, yil) qarab aniqlansa, kalendar juda qo‘l keladi.
Uchinchidan, tavsiya etilayotgan hisob-kitobdagi axborotdan ish haqi, mehnatga layoqatsizlik nafaqasi va ish soatlariga bog‘liq bo‘lgan boshqa hisoblanmalarni hisoblashda foydalanish mumkin.
2019 yilgi ish vaqti fondining tavsiya etilayotgan hisob-kitobi bilan bu yerda tanishish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi