07:39 / 11.12.2018
3 545

Ishdan bo‘shatilish inson sog‘lig‘iga bevosita ta’sir ko‘rsatadi

Ishdan bo‘shatilish inson sog‘lig‘iga bevosita ta’sir ko‘rsatadi
Nima uchun rivojlangan davlatlarda o‘lim darajasi ortib bormoqda? Globallashuv jarayoni inson salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Bokkoni universitetining sog‘liqni saqlash iqtisodiyoti borasidagi yetakchi mutaxassislaridan biri, professor Jerom Adda bu sohadagi tadqiqot natijalari haqida so‘zlab bergan. "Republic" nashri ushbu ma’ruzaning asosiy mazmuni asosida maqola e’lon qildi.

Dunyo tez o‘zgarib bormoqda. So‘nggi bir necha o‘n yillikdagi asosiy o‘zgarishlardan biri, bu – umr ko‘rish davomiyligining ortishi. Ming yil mobaynida insonning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 30 yoshni tashkil qilgan. Bu qariyb tosh asridan tortib 20-asrgacha davom etgan.

Jerom Adda tadqiqotining asosiy maqsadi – farovonlik va iqtisodiy o‘sishning inson umri davomiyligi bilan qanday bog‘liqligi borligini aniqlash edi. O‘tgan asrning 60-yillarida Xitoyda umr ko‘rish davomiyligi juda past – 55 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan. Taqqoslab ko‘radigan bo‘lsak, AQSh va Avstraliyada xuddi shu davrda ushbu ko‘rsatkich 65-70 yoshdan kam bo‘lmagan. So‘nggi 30 yil davomida, 1980-yillardan boshlab to hozirgi kungacha Xitoy umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha G‘arb davlatlaridan ortda qolishni to‘xtatdi. Hozir Xitoyda umr ko‘rish davomiyligining o‘rtacha ko‘rsakichi 75 yoshni tashkil etadi. Albatta, Avstraliya, AQSh davlatlarida ham bu davr mobaynida umr ko‘rish davomiyligi bir joyda to‘xtab qolmagan va o‘sishda davom etgan. Ko‘p mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 80 yoshga yetgan, endi esa uni 85 yoshga yetkazishga harakat qilinmoqda.

Agar AQSh tarixiga nazar solsak, qaysidir vaqtda umr ko‘rish davomiyligi ko‘rsatkichi o‘sishi pasaygan. Bu jarayon 1960 yildan 1980 yilgacha davom etgan. Buning sababi nimada? Bunda AQShning sog‘liqni saqlash tizimining o‘ziga xosligini hisobga olish lozim. Agar odam 60 yoshdan oshgan bo‘lsa, u sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda aslida ish beruvchiga suyanishi kerak, chunki sog‘liqni saqlash borasidagi rejaga ko‘ra, tibbiy xizmat bo‘yicha barcha xarajatlarni ish beruvchi qoplashi kerak. AQShda tibbiy xizmat juda qimmat bo‘lib, uni to‘lashga hammaning ham qurbi yetmaydi.

Tadqiqotchi AQShda o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha 2000-2014 yillar orasidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqqan. U o‘lim darajasini irqiy guruh bo‘yicha o‘rgangan: oq tanli aholi, afroamerikaliklar, lotin amerikaliklar va boshqalar. Lotinamerikaliklarda umr ko‘rish davomiyligi doim yuqori bo‘lgan, shuning uchun ularning o‘lim ko‘rsatkichlariga ta’siri unchalik ham katta emas. Shu bilan birga, qora tanli aholi orasida o‘lim darajasi sezilarli darajada kamaygan. Agar 2000 yilda 100 ming odamga o‘rtacha 900 ta o‘lim to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2014 yilga kelib, bu ko‘rsatkich o‘rtacha 700 kishini tashkil etgan. Oq tanli aholini olsak, o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha ularda jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmagan.

Demografik sabablarni tahlil qilganda Lotin Amerikasi aholisi AQSh oq tanli aholisiga qaraganda ishsizlik muammosiga ko‘proq duch kelishini hisobga olish lozim. Shu bilan birga, barcha guruhlar o‘rtasidagi ta’lim darajasi hali ham bir xil emas. Bundan tashqari, bir xil lavozimda ishlovchi oq tanli aholi afroamerikaliklar yoki lotin amerikasi vakillariga qaraganda ko‘proq pul oladi. Oq tanli amerikaliklar bunday ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘lsa, nima uchun ularning o‘lim darajasi kamaymasdan, aksincha, oshmoqda?

Taxminlarga ko‘ra, bu 2008 yildagi inqiroz bilan bog‘liq. Lekin odatda iqtisodiy inqirozning aholi salomatligiga ta’siri ikki-uch yil davom etadi, keyinchalik iqtisodiyot yana jonlanadi. Ayni 2008 yilgi inqiroz davrida esa o‘lim darajasi turg‘unlikni saqlab qolgan. Demak, buning sababi boshqa narsada. Irqiy guruhlar bo‘yicha ma’lumotlarga qaytib, o‘lim yoshiga e’tibor bersak, 30-34, 35-39 va 40-44 yoshda bo‘lgan lotin amerikaliklar, afroamerikaliklar va oq tanli amerikaliklarning 60 yoshga to‘lgan mamlakat aholisiga nisbatan o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan.

Bu masala mohiyatining ikkinchi tomonidan xalqaro savdo o‘rin oldi. Tadqiqotchi Xitoyning 1990 yildan boshlab turli davlatlarga eksportini o‘rgangan. Ma’lum bo‘lishicha, 2015 yilga kelib, bu mamlakatning turli davlatlarga eksporti hajmi 25 yil davomida 30-40 barobar oshgan. Xitoy turli mahsulotlarni eksport qiladi: plastmassa buyumlari, elektronika, mashinasozlik mahsulotlari va hokazo. Bularning barchasi Xitoy tovarlari eksport qilinadigan mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Xitoy tovarlarini import qiluvchi mamlakatlarda 1990 yildan boshlab Xitoy eksporti bilan qisman qoplanuvchi hududlarda bandlik darajasi pasaygan.

Ta’kidlash joizki, AQSh ma’lumotlariga ko‘ra, import hajmining 1 mlrd dollarga ortishi o‘lim darajasining 3 foizga ko‘payishiga olib kelgan. Italiyadagi vaziyat bundan-da ayanchli – Xitoyning to‘qimachilik va charm ishlab chiqarish sanoati tovarlarining olib kelinishi o‘lim darajasining 5 foizga ortishiga olib kelgan.

Bu esa savdoning rivojlanishi aholi muayyan guruhi, ya’ni daromadi va ta’lim darajasi past bo‘lgan fuqarolarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, degan xulosaga kelishga sabab bo‘ldi. Agar u ishdan bo‘shatilsa, bu uning sog‘lig‘iga ta’sir etishi muqarrar: daromad olish manbai, bandlikni yo‘qotadi. Ishdan bo‘shatilgan odamlarni kuzatsak, ularda ishsizlik sababli zararli odatlarga ruju qo‘yish kuchayganini ko‘rish mumkin.

Albatta, bu savdo-sotiq har qanday mamlakat aholisi salomatligiga faqat salbiy ta’sir ko‘rsatadi, degan xulosaga kelishga sabab bo‘lmaydi. Aksincha, uning yordamida bozordagi mahsulotlar xilma-xilligi ta’minlanadi. Biroq eksport va import kabi hatto eng asosiy iqtisodiy jarayonlar ham muayyan mamlakat aholisi sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini unutmaslik lozim.
Nikita Sokolov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ishdan bo‘shatilish inson sog‘lig‘iga bevosita ta’sir ko‘rsatadi