11:57 / 11.12.2018
5 968

Gulnora Karimova O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni ham ma’nan, ham moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi

Gulnora Karimova O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni ham ma’nan, ham moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi
O‘zbekiston Respublikasinining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning ko‘pdan beri Angliyada qolayotgan o‘g‘li Islom Karimov Instagram’dagi sahifasida onasining faoliyati va O‘zbekistonda bo‘layotgan so‘nggi o‘zgarishlarga munosabati haqida fikrlarini yozib qoldirdi deb xabar bermoqda Qalampir.uz nashri.

Islom uzundan uzun postida onasining ayni damda qayerdaligiga ishora bermagan. Ayblovlar, jinoyat ishi, sud haqida og‘iz ochmagan. U Gulnora Karimovaning mamlakat ijtimoiy hayotida tutgan o‘rni, odamlarni ortidan ergashtira olgani va liderlik jihatlariga e’tibor qaratib shunday yozadi:

“Oxirgi yillardagi o‘zgarishlar, sa’y-harakatlar mamlakatimizning rivoji va taraqqiyotiga umid bermoqda.

Men va tengdoshlarim bir narsani yaxshi bilishadi, onam o‘zini ilmli jamiyat tuzish uchun bahshida etgan. Yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib, son-sanoqsiz yangi loyihalar va g‘oyalarning dunyoga kelishiga turtki bo‘lgan”.

25 yashar Islom Karimov ingliz tilidagi jumlalarini juda uzun va tartibsiz tuzgan va u bu gaplarni yozayotganda o‘ta hayajonlanganini sezish mumkin. U so‘zida davom etarkan, Gulnora Karimova ham ma’nan, ham moddiy jihatdan bugungi o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini aytgan.

“Mamlakatimizning yangi rahbariyati boshchiligida ko‘plab yangi loyihalar amalga oshirilmoqda va ular O‘zbekistonga yaxshiroq kelajakni ta’minlaydigan qudratli bazani qurishga imkoniyat beradi. Shuning uchun onam moliyaviy va jismoniy tomondan qo‘lidan kelganicha mamlakatdagi yangi o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi”, deb yozadi Islom Karimov.

Eslatib o‘tamiz, bundan ikki oy avval Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova onasining o‘z uyida ekanini ochiqlagan edi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi esa Gulnora Karimovaning belgilangan tartibda jazoni o‘tayotganini ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Bosh prokuratura Gulnora Karimova jinoiy ishi bo‘yicha to‘liq rasmiy ma’lumotni e’lon qilgan edi. Unda qayd etilishicha, hozirda 12 ta xorijiy davlat hududida 1 mlrd 394,1 mln AQSh dollari, 63,5 mln yevro, 27,1 mln funt va 18,5 mln frank miqdordagi mablag‘ legallashtirilgan.

Gulnora Karimovaning korrupsiya va pulni o‘zlashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etishdagi aybi uyushgan jinoiy guruh a’zolari N.Sodiqov, R.Madumarov, Sh.Sobirov va boshqalarning, guvohlar, jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlari, uyushgan guruh nazoratidagi 45 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va 16 ta offshor kompaniyalar faoliyatini tekshirish materiallari, olingan yozma va ashyoviy dalillar, ekspertiza xulosalari hamda ish bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulnora Karimova O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni ham ma’nan, ham moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi