14:31 / 11.12.2018
3 219

Ruhiyatni o‘ldirish texnologiyasi

Ruhiyatni o‘ldirish texnologiyasi

Qalbni o‘ldirishning oddiy usuli – bu qadriyatlarning o‘rnini almashtirib qo‘yishdir. Eng asosiy qurol ham shu. Insonni ruhan aynitish texnologiyasining asoslarini bilgach, biz bunday xavf-xatardan oldindan boxabar bo‘lamiz. Aytadilarku, ogohsan – demak himoyalangansan.

Quyida ruhiy tanazzulga olib boradigan usullarni ko‘rib chiqamiz.

1. Ijtimoiy yetuklikka qadam qo‘yish jarayoni sun’iy tarzda kechiktiriladi. Bu - yoshlarni eng faol (15 dan 25 yoshgacha bo‘lgan) davrida ularning quvvatidan foydalanish uchun qilinadi. Yosh yigitning aqliy va jismoniy faolligi 20 yoshdan keyin boshlanadi, u bu yoshda sog‘lom, aqlli, qiziqqon, o‘z nuqtai-nazarida sobit va murosasiz bo‘ladi.

Aleksandr o‘z “karerasini” 20 yoshida boshlagani, knyaz Svyatoslav o‘lim to‘shagida yotgan payti 30 yoshda ekanligi, Ivan Grozniy 22 yoshida Kazanni olganini eslashning o‘zi kifoya.

Bizning davrimizda esa (asosan Yevropada) bu yoshdagi bolalar hali “o‘spirin” hisoblanadi. ijtimoiy infantilizmni tarbiyalash mana shunga qaratilgan – kuchga to‘lgan yoshni bezarar katta yigitga aylantirish.

Quvvatning ortiqchasi esa allaqayerlarga sarf bo‘laversin, masalan, tartibsiz aloqalarga, tungi klublarga yoki ko‘cha kriminaliga va h.k.

2. Qiz va o‘g‘il bolalar tarbiyasi umumiy qolipga solinadi. Bu ayollarni erkaklashtirish uchungina emas, balki ulardan erkaklarni tortib olish uchun ham qilinadi.

3. Egotsentrik dunyoqarashni shakllantirish. Egoist – bu yolg‘izlik, egoist – bu birlik. Yoki qadimgi rimliklar aytganidek, “bo‘lib tashla va hukmronlik qil”.

4. “Muvaffaqiyatli” odam obrazini shakllantirish. Galstuk, pidjak, karera, a’lo darajadagi uy, qimmat mashina, chet elda dam olish, irland viskisi. Zo‘r, shunday emasmi? Bunday odamni oshig‘i olchi, aslida esa u mukammal qul, chunki u giyohvandga o‘xshab o‘z narsa-buyumlariga qaram. Shuning uchun u nima qilsa ham barqarorlikni saqlab qolish uchun qiladi, karera pog‘onasidan ko‘tarilishda har qanday tahqirlanishga rozi bo‘ladi. U bolaligidagi barcha orzularini ich-ichiga, tub-tubiga yashiradi va inson qiyofasini yo‘qotganlarga o‘xshab bora-bora o‘zini ham unutadi.

5. Muhabbat va fidokorlik o‘rniga – shahvoniyat va zo‘rlik. Sir emas, jinsiy hissiyotlar eng kuchli hissiyot sanaladi. Shunga muvofiq, “shahvoniy” mavzu orqali har qanday insonga ta’sir ko‘rsatish mumkin. Bundan tashqari, bunday hissiyotlar bizning qora, hayvoniy xususiyatimizni ochadi. OAV, reklama, ilmiy va badiiy asarlarda propaganda, kompyuter o‘yinlari orqali ushbu instiktlar qo‘zg‘atiladi.

6. Oilaviy qadriyatlarni vayron qilish. Bu band ma’lum darajada “shahvoniyat” bandi bilan bir-biriga o‘xshab ketadi, lekin o‘ziga xos xususiyatga ham ega. Oilaviy qadriyatlarni barbod qilish milliy qadriyatlar, egoizm va hayvoniy fe’l-atvorni qo‘zg‘atishga olib keladi.

7. Mardlik, olijanoblikning man qilinishi. Mardlik shunisi bilan xavfliki, u odamlarda nazorat qilish va oldindan bilish qiyin bo‘lgan xulq-atvorni shakllantiradi.

Politexnologlar noma’lum xatti-harakatlardan qo‘rqadi. Ular uchun odamning tekin daromad, shahvoniy nafs, mutelik, buzuqlikka tashna bo‘lishi har jihatdan qulaydir.

8. Keraksiz narsaga muhtojlik. Bu biryo‘la bir qancha “quyonlar”ni o‘ldiradigan asosiy quroldir. Kerak bo‘lmagan buyumga ehtiyojmand kishi oddiy iste’molchidan nimasi bilan farq qiladi? Bu odamning u yoki bu buyumni iste’mol qilishiga bog‘liq. Bu - misollarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Sizning, masalan, ko‘ynagingiz yirtildi, siz do‘konga borib yangisini xarid qildingiz – bu iste’mol qilish deyiladi, agarda siz do‘konga borib, yangi ko‘ylak xarid qilsangiz va buning sababi u brendli, urf bo‘lgan rangda bo‘lsa yoki shunchaki boshqalardan ajralib turmoqchi bo‘lsangiz, unday holda bu – keraksiz narsaga muhtojlik deyiladi.

Boshqacha aytganda, keraksiz narsaga ehtiyojmandlik – bu me’yorni bilmagan holda tiyiqsiz iste’mol qilishdir.

Insonda muhtojlikning bunday turi paydo bo‘lishi uning jo‘shqinligini so‘ndiradi, uni bora-bora mantiqsiz hayotga olib boradi.

Manba: Azon.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Ruhiyatni o‘ldirish texnologiyasi