10:55 / 12.12.2018
3 770

Yangi yil bayrami munosabati bilan qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi (jadval)

Yangi yil bayrami munosabati bilan qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi (jadval)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 noyabrda “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Fuqarolarimizning Yangi yil bayramini munosib kutib olish va dam olish kunlarida yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilib maroqli hordiq chiqarishlariga imkoniyat yaratish maqsadida qabul qilingan mazkur farmonga muvofiq, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2018 yil 30 dekabrdan 2019 yil 3 yanvargacha mahalliy va tezyurar “Afrosiyob” poyezdlarining qo‘shimcha qatnovi joriy qilindi.

Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Axborot xizmati xabar bermoqda. Qo‘shimcha poyezdlar haqidagi ma’lumotlarni quyidagi jadvaldan bilib olishingiz mumkin:

Qo‘shimcha poyezdlar haqida ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlariga soat 08:00dan 20:00gacha qo‘ng‘iroq qilib murojaat qilishingiz mumkin:


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Yangi yil bayrami munosabati bilan qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi (jadval)