12:05 / 12.12.2018
5 592

«Avtoritet» Shuhrat Dombrabadskiy sodir etgan jinoiy ish ko‘rib chiqilmoqda

«Avtoritet» Shuhrat Dombrabadskiy sodir etgan jinoiy ish ko‘rib chiqilmoqda
61 yoshli Shuhrat Nosirov «Shuhrat Dombrabadskiy» nomi bilan jinoyat olamida mashhur. U 23 yillik qamoq jazosini o‘tab, ozodlikka chiqqach, Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi «Nosirxon» jome masjidini tortib olgan. Dombrabadskiy aytishicha, masjid uning pullariga qurilgan ekan.

Bundan tashqari, Shuhrat Nosirov qarindoshi Bahodir Sharopov bilan ham yovlashib qoldi. Bahodir o‘z nomidagi uyni sotmoqchi bo‘lganda, Shuhrat Nosirov va ukasi qat’iy qarshilik qilib, bu uy ham aslida ularga tegishli ekanini aytib turib olishgan. Uy hujjatini tortib olishgan.

Bu gal Shuhrat Nosirov kuch ishlatish, qo‘rqitish orqali birovlardan pul undirish, qalbaki hujjatlar tayyorlashda ayblanmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Avtoritet» Shuhrat Dombrabadskiy sodir etgan jinoiy ish ko‘rib chiqilmoqda