20:30 / 12.12.2018
5 887

O‘zbekistonga qurol-yaroq va o‘qlar olib kirayotganlar qo‘lga olindi

O‘zbekistonga qurol-yaroq va o‘qlar olib kirayotganlar qo‘lga olindi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Navoiy” chegara bojxona posti Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan xamkorlikda ushbu post hududidagi chiqindilar qutisiga noma’lum shaxs tomonidan 2 dona qora “PM49” rusumli (gazovыy pistolet) qurollar tashlab ketilganini aniqlashdi. Hozirda ushbu qurollar egasini topish yuzasidan tezkor qidiruv va surishtiruv jarayoni davom etmoqda.

Mazkur post xodimlari aniqlagan yana bir qonun buzilish holatida esa qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro B.R.ga tegishli avtomashina belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, avtomashina salonining pol qismidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rov davomida aytilmagan polietilen idishga solingan umumiy og‘irligi 10 kilogramm 4 mmli ov miltig‘i sochma o‘qlarini olib o‘tayotganligi aniqlandi.

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan huquqni muxofaza qiluvchi boshqa organlar vakillari bilan xamkorlikda ushbu postga kirib kelgan fuqaro G.Z.ning qo‘l yuklari orasida bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 11 dona 12 kalibrlik gilza, 2 dona yelim idishda og‘irligi 3,2 kg bo‘lgan qo‘rg‘oshin o‘qlar hamda 1 dona polietilen paketda 231 gr bo‘lgan probkalarni qo‘shni davlatdan olib kirayotgani to‘xtatib qolindi.

Aynan shu post xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro M.Ya. ga tegishli bo‘lgan Shevrolet Lacetti rusumliavtoulov xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, avtoulov salon qismidagi magnitofon ostida joylashgan tortmasidan 1 dona 9 mmli tashqi ko‘rinishidan “Makarov” to‘pponchasi uchun mo‘ljallangan jangovaro‘q borligi aniqlandi.


Toshkent xalqaro aeroportida ham bojxonachilar shunga o‘xshash holatni fosh qilishdi. Kaliningradga parvozi oldidan xorijiy fuqaro Ch.I.ning qo‘l sumkasi nazorat tartibida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, uning ichida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, deklaratsiyalanmagan jami 4 dona patron borligi aniqlandi.

Yo‘lovchi ushbu patronlarni go‘yoki esdalik sovg‘a sifatida olib ketayotganini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, bu uni javobgarlikdan ozod qilmadi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga qurol-yaroq va o‘qlar olib kirayotganlar qo‘lga olindi