21:20 / 12.12.2018
6 822

O‘zbekistonda 2019 yilning yanvaridan alkogol mahsulotlari narxi oshadi

O‘zbekistonda 2019 yilning yanvaridan alkogol mahsulotlari narxi oshadi
2019 yilning yanvar oyidan boshlab O‘zbekistonda alkogol mahsulotlarining narxi oshishi mumkin. Ushbu taklif Moliya vazirligi tomonidan 12 dekabr kuni Muhokama portaliga kiritilgan.

Mazkur qaror loyihasiga binoan, 2019 yildan aroq narxi eng kam ish haqining 21 foiziga oshirilishi mumkin. Ya’ni, 1 yanvardan boshlab bir litr aroqning ulgurji narxi 19 400 so‘mni, chakana savdodagi narxi esa 23 200 so‘mni tashkil etishi mumkin.

Hozirda bir litr aroqning ulgurji narxi 16 000 so‘mni, chakana savdodagi narxi esa 19 200 so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, vino mahsulotlarining o‘rtacha ulgurji narxi 23 foiz, konyak mahsulotlari narxi esa 31 foiz oshishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 2019 yilning yanvaridan alkogol mahsulotlari narxi oshadi