06:00 / 14.12.2018
3 769

O‘zbekistonda tilanchilik qonun bilan taqiqlanadi

O‘zbekistonda tilanchilik qonun bilan taqiqlanadi
Foto: O‘zA
O‘zbekistonda tilanchilik qilish qonun bilan taqiqlanmoqda, deyiladi O‘zA xabarida.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ichki ishlar organlari tomonidan birgina Toshkent shahrida oxirgi bir yil davomida 5 mingdan ortiq shaxs tilanchilik qilish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlangan va reabilitatsiya markaziga olib borilgan.

Mazkur shaxslarning 4 mingdan ortig‘ini xotin-qiz, shu jumladan, 3 mingdan ortig‘ini yosh bolali ayol, 100 nafarga yaqinini nogironligi bo‘lgan erkak hamda 500 nafarga yaqinini keksa yoshdagilar tashkil qilgan.

Tilanchilik ayrimlar uchun mehnat qilmay daromad topish manabiga aylangan. Yo‘llarda tilanchilik qilishni odat qilib olganlar nafaqat o‘z hayoti, balki transport vositaari harakatlanishiga ham xavf tug‘dirib kelmoqda.

Bunday holatlarga barham berish maqsadida tilanchilik qilish qonun bilan taqiqlanmoqda.

Oliy Majlis Senatida muhokama etilgan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunda bu o‘z fodasini topgan.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188³-moddasida tilanchilik qilganlik uchun eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish belgilanmoqda.

Shu bilan birga, Jinoyat kodeksining 127¹-moddasi tilanchilik bilan shug‘ullanish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.

Mazkur qo‘shimchalar tilanchilik qilganlik uchun, shu jumladan tilanchilik qilishda voyaga yetmagan yoki nogironligi bo‘lgan shaxslardan foydalanganlik yoki ularni jalb qilib yoxud o‘zini nogironligi bo‘lgan shaxs sifatida ko‘rsatib, shuningdek chaqaloqlar va yosh bolalarga hamda boshqa voyaga yetmaganlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga giyohvandlik yoki psixotrop, shuningdek kishining aql-idrokiga ta’sir qiladigan boshqa vosita va moddalarni iste’mol qildirgan holda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar uchun amaldagi qonunchilikda javobgarlik masalasi belgilanmaganligi uchun joriy etilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda tilanchilik qonun bilan taqiqlanadi