08:26 / 14.12.2018
4 107

2019 yilda tabiiy gaz bazaviy me’yori joriy etiladi

2019 yilda tabiiy gaz bazaviy me’yori joriy etiladi
2019 yil 1 yanvaridan Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, poytaxtning Yunusobod tumanida tajriba-sinov tariqasida aholiga tabiiy gaz bazaviy me’yori joriy etiladi. Ushbu me’yor kelgusida boshqa hududlarga ham joriy etilishi kutilmoqda.

Unga ko‘ra, bir abonentga isitish mavsumida 1000 m3 tabiiy gaz, boshqa oylarda bu me’yor 250 m3 hajmida bo‘lishi belgilangan. Me’yordan ortiqcha ishlatilgan tabiiy gaz uchun 1,2 barobar koeffitsiyent hisobida to‘lov amalga oshiriladi.

Misol uchun:
Agar abonentning gaz hisoblagich ko‘rsatkichi bir oyda 1500 m3 gaz sarfini ko‘rsatsa:

1 000 m3 · 320 so‘m (tarif bo‘yicha) = 320 000 so‘m

1 500 m3 - 1 000 m3 = 500 m3

500 m3 · 320 so‘m (tarif bo‘yicha) · 1.2 (qo‘shimcha koeffitsiyent) = 192 000 so‘m

1 500 m3 = 320 000 + 192 000 = 512 000 so‘m.

Jami bir oyda 1500 m3 gaz sarfiga 512 000 so‘m to‘lov belgilanadi.

Shuningdek, qarorda elektr energiyasi uchun me’yor 300 kVt bo‘lishi ham belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2019 yilda tabiiy gaz bazaviy me’yori joriy etiladi