09:15 / 14.12.2018
3 896

"Reklama to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi

"Reklama to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi
13 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. Mazkur qonun asosida “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga ham tegishli qo‘shimchalar kiritiladi.

Qonunning 221- moddasiga energetik ichimliklar reklamasi haqida qo‘shimcha kiritiladi. Unga ko‘ra:

-soat kunduzgi 7:00 dan kechki 22:00 ga qadar energetik ichimliklarni televideniye va radio orqali reklama qilish;

-reklama qilish maqsadida energetik ichimliklar namunalarini o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar orasida tekin tarqatish;

-o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar orasida energetik ichimliklarning nomi, belgisi yoki tasviri tushirilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, o‘yinlarni va shu kabilarni) tarqatish, shu jumladan, sotish taqiqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Reklama to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi