Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga safari vaqtida viloyatdagi uch tuman va bir shahar hokimi vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Qamashi tumani hokimi Faxriddin Omonovich Do‘stmurodov o‘rniga Sherali Sanayev yangi rahbar etib tayinlangan. Sanayev shu kungacha Bekobod tumani prokurori sifatida ishlab kelayotgandi.
Yakkabog‘ tumani hokimi Jahongir Abdujalilovich Boboyev ham lavozimdan ozod etilib, uning o‘rniga Qashqadaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Shomurod Donayev yangi hokim etib tayinlangan.
Koson tumani hokimi Baxtiyor Eshitemirovich Rajabov ishdan olinib, uning o‘rniga Qashqadaryo viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Asror Boyqorayev yangi rahbar bo‘lgan.
Shahrisabz shahri hokimi Ismat Nusratovich Nusurov ham ishdan olinib, uning o‘rniga «O‘zsanoatqurilishbanki» boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari To‘lqin Karimov yangi hokim sifatida ish boshlagan.
Shuningdek, Shahrisabz tumani hokimi Isroil Ibrohimovich Omonov, tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i hamda tuman DSI boshlig‘iga ogohlantirish berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring