O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori (13 dekabr, 2018 yil. 1009-son) qabul qilindi.
Bu haqida Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali ma’lum qildi.
Qarorga muvofiq, Prezident qarori bilan tashkil etilgan Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkiliy jihatlari belgilab berildi.
Xususan, Agentlikka tegishli vazirliklar bilan davlat tili, rus tili va boshqa tillarda batafsil ma’lumot olish imkoniyatini beradigan davlat-xususiy sheriklikning yagona axborot portalini ishlab chiqish hamda ishga tushirish vazifasi topshirildi.
Shuningdek, qaror bilan tegishli Nizom ham tasdiqlanib, agentlikning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi.
Agentlik davlat-xususiy sheriklik sohasidagi yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha maxsus vakolatli organ etib belgilandi.
Agentlikka Prezident tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor – Moliya vazirining o‘rinbosari rahbarlik qiladi.
Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligi bo‘yicha muntazam baholanib boriladi. Baholash yakunlariga ko‘ra, Agentlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantiriladi yoki aksincha, ularga nisbatan intizomiy javobgarlik chorasi qo‘llaniladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin