00:45 / 15.12.2018
2 882

Prezident «Vatanparvarlar» bog‘ini ko‘zdan kechirdi (foto)

Prezident «Vatanparvarlar» bog‘ini ko‘zdan kechirdi (foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahrida barpo etilgan «Vatanparvarlar» bog‘ini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu majmua davlatimiz rahbarining viloyatga avvalgi tashrifida bergan ko‘rsatmasiga muvofiq vatanparvarlik ruhida rekonstruksiya qilingan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Qariyb 7 gektar hudud obodonlashtirib, muzey va blendaj qurilgan. Ikkinchi jahon urushida mardonavor jang qilgan vatandoshlarimiz xotirasi jonlantirilgan. Muzey atrofida tarixiy harbiy texnikalar joylashtirilgan.

Bog‘ markazida O‘zbekiston milliy xaritasining ulkan maketi joylashtirilgan. Unda har bir viloyatning buyuk siymolari, qadimiy obidalari, serviqor tog‘lari, hududidan oqib o‘tuvchi daryolari, bepoyon kengliklarigacha aks ettirilgan.

Bularning barchasi yoshlarning tarix haqidagi bilimlarini oshirib, mamlakatimizdan, ajdodlarimizdan, milliy armiyamizdan g‘ururlanish tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Bog‘dagi sun’iy ko‘l, amfiteatr, o‘q otish va qoyaga chiqish joylari yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish, salomatligini mustahkamlashga yordam beradi.

Prezidentimiz bog‘dagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, ta’lim muassasalaridagi «Jasorat» guruhlari a’zolari bilan suhbatlashdi.

- Bunday maskanlar yoshlarga xalqimiz tarixi, ma’naviyati va madaniyati haqida yaqqol taassurot beradi. Endi bundan samarali foydalanish, bu yerga yoshlarni ko‘proq olib kelib, ochiq darslar o‘tkazish kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga qo‘shgan hissasini yoshlarga yetkazish, tinchlik-osoyishtaligimiz uchun katta xizmatlar qilgan vatandoshlarimiz haqida so‘zlab berish zarurligi ta’kidlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Prezident «Vatanparvarlar» bog‘ini ko‘zdan kechirdi (foto)