06:00 / 15.12.2018
3 902

Senator IIVdan YPX xodimi avtomobilda odam urib ketgani bo‘yicha izoh so‘radi

Senator IIVdan YPX xodimi avtomobilda odam urib ketgani bo‘yicha izoh so‘radi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom etirmoqda.

Senat yalpi majlisi davomida Ichki ishlar vazirining ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti haqidagi masala ham ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” yozmoqda.

Kun tartibiga qo‘yilgan masala yuzasidan Vazirning birinchi o‘rinbosari Davron Nazarmuhammedov axboroti eshitilgan.

Senatorlar tomonidan vazir o‘rinbosariga bir necha savollar berildi.

“So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan huquqbuzarliklar va o‘rni kelganda jinoyatlar haqidagi ma’lumotlarga tez-tez guvoh bo‘lyapmiz. Men ularning har biriga to‘xtalmoqchi emasman. Davlat raqami VSF belgili xizmat mashinasida yuradigan ichki ishlar xodimlarini xalq Vatanining sodiq farzandlari deb talqin qiladi. Shu mashinada yo‘l patrul xizmati xodimi odam urib ketyapti va u vafot etyapti. Shu kabi salbiy holatlarning oldini olish, xodimlarning ma’naviy dunyosini boyitish uchun tizimda qanday ishlar olib borilyapti? Tushunaman, hadeb jinoyatlarni ko‘rib diydasi qotib ketishi mumkin, ammo xalq bilan ishlashda o‘ziga xos yondoshuv kerak, nazarimda”, deydi senator Abduqodir Toshqulov.

Vazir o‘rinbosari senatorning murojaatini javobsiz qoldirmagan. Ushbu masala yuzasidan Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Davron Nazarmuhammedov shunday deydi:

“To‘g‘ri, bu borada kamchiliklarimiz bor. 120 ming shaxsiy tarkib. Uning ichida nopok xodimlar, poraxo‘rlikka yo‘l qo‘yayotganlar uchrab turibdi. Bizda o‘z ichimizda o‘z xavfsizlik xizmati bor. Ular bevosita shaxsiy tarkib bilan ish olib boradi. Har bir bo‘lim va yo‘nalishda ish olib boriladi. Birorta yig‘ilish yo‘qki, shaxsiy tarkib, uning tartib-intizomi masalasi ko‘tarilmagan bo‘lsa.

Ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan holatlardan xabardormiz. Bunday vaziyatlarda oddiy xodim shu ishni qilsa ham, katta rahbarigacha ishdan olinadi. Bu qat’iy belgilangan”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Senator IIVdan YPX xodimi avtomobilda odam urib ketgani bo‘yicha izoh so‘radi