10:30 / 15.12.2018
4 159

"Lokomotiv" bog‘ida Yangi yil archasi yonib ketdi

"Lokomotiv" bog‘ida Yangi yil archasi yonib ketdi
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "Lokomotiv" istirohat bog‘ida Yangi yil oldidan o‘rnatilgan archa yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Yong‘in Yangi yil archasini o‘rnatish vaqtida yuz bergan va archaning uch qismi yongan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘inga archani bezab turgan yonib-o‘chib turuvchi chiroqlardagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar yo‘q.

IIBB uylar, ishxonalar va boshqa muassasalarda archa o‘rnatishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni eslatgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » "Lokomotiv" bog‘ida Yangi yil archasi yonib ketdi