Jizzax viloyati Forish tumani elektr tarmoqlari korxonasi xodimi X.T., AT Xalq banki tuman filiali xodimi Sh.X. hamda “Ipotekabank” Jizzax filiali xodimi R.R. o‘zaro til biriktirib amalga oshirgan qing‘ir ish fosh etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi Forish tumani bo‘limi tomonidan aniqlangan bu “ish” qanday bo‘lgan edi?
O‘zaro kelishgan elektr tarmoqlari korxonasi va bank xodimlari fuqarolardan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni naqd pul shaklda qabul qilib, abonent raqamlariga o‘tkazmasdan elektron kassa xotirasiga soxta raqamlar kiritishgan. Tergovgacha surishtiruv davomida ular shu yo‘l bilan 2016-2018 yillar davomida jami 143 million 567 ming 800 so‘m miqdoridagi naqd pullarini o‘z ehtiyojlari uchun o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan uch tashkilotning uchala mas’ul xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi