18:18 / 18.12.2018
7 689

Alisher Navoiy metro bekatida yosh qiz metro relsiga tushib ketdi (video 18+)

Alisher Navoiy metro bekatida yosh qiz metro relsiga tushib ketdi (video 18+)
Toshkentda Alisher Navoiy metro stansiyasida baxtsiz hodisa yuz berdi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.

Video tasvir 17 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Bekatda turgan yosh qiz poyezd relsiga yiqilib tushdi. Ushbu holat yo‘lovchilardan biri tomonidan tasodifan videoga olindi. Video Telegram messenjerida tarqaldi.

«Kanalimiz kuzatuvchisi bugun tasodifan yosh qizning poyezd relsiga yiqilib tushganini videoga oldi», — deyiladi videoni tarqatgan «Exo Uzbekistana» kanali xabarida.

Videoda qizning stansiyaga yaqinlashib kelayotgan poyezd yo‘liga yiqilib tushgani aks etgan, shuningdek unda boshqa yo‘lovchilarning qichqiriqlari va poyezd haydovchisining tormoz berayotgani ovozi ham eshitilgan.

Xabarda qayd etilishicha, qizning shaxsi va uning ahvoli hozirda qanday ekanligiga huquq-tartibot organlarida aniqlik kiritilmoqda.
[media=https://www.youtube.com/embed/Si298hLAdJc?start=0]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Navoiy metro bekatida yosh qiz metro relsiga tushib ketdi (video 18+)