18:44 / 18.12.2018
5 110

Bir paytlar Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan bino sotuvga qo‘yildi

Bir paytlar Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan bino sotuvga qo‘yildi
Toshkentdagi Zarqaynar majmuasi auksion savdolariga qo‘yildi. Bu E-ijro onlayn-auksioni tarixidagi eng qimmat lotlardan biri hisoblanadi.

2005 yilda qurilgan ushbu bino bir paytlar Gulnora Karimovaga tegishli edi, deyiladi «Daryo» xabarida.

Ushbu majmua hozirgi kunda «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi tomonidan tasarruf etiladi.

Zarqaynar majmuasining umumiy maydoni 1,2 gektar, shundan 1,06 gektari ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan. Bino uch qavatdan iborat va 100 ga yaqin xonaga ega. Birinchi qavatda ofis xonalari, ikkinchisida restoran va podium, uchinchisida ko‘rgazma zali joylashgan.

Lotning boshlang‘ich narxi 87,9 milliard so‘mni tashkil etdi. Zakalat miqdori — 4,3 milliard so‘m. Arizalar 23 yanvarga qadar qabul qilinadi. Auksion esa 25 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir paytlar Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan bino sotuvga qo‘yildi