20:36 / 19.12.2018
5 064

Munojat Yo‘lchiyeva nomidan pora olgan sobiq talaba 2 yilga qamaldi (video)

Munojat Yo‘lchiyeva nomidan pora olgan sobiq talaba 2 yilga qamaldi (video)
Toshkent davlat konservatoriyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va ijobiy imtihondan Munojat Yo‘lchiyevaga aytib yuqori baho olib berishni va’da qilgan sobiq talaba ikki nafar abituriyentdan 12 ming AQSh dollarini talab qiladi. Bu haqda «Zamon» dasturiga asoslanib UZ24 xabar berdi.

Sobiq talaba 2018 yilning 9 iyul kuni taxminan kechki soat 17:30 larda kelishilgan miqdordan 4 ming AQSh dollarini olib, cho‘ntagining orqa qismiga solayotgan vaqtida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish dapartamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.

Munojat Yo‘lchiyevaning sudda bergan ko‘rsatmasiga ko‘ra, jinoyat sodir etilgan paytda u Germaniya safarida bo‘lgan.

Ana shunday munosabatlar insonning yillar davomida misqollab yiqqan obro‘siga putur yetkazadi, – deydi Munojat Yo‘lchiyeva.

Sudlanuvchi L.T. ikki yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Mazkur holatlar yuzasidan tayyorlangan lavhani quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Munojat Yo‘lchiyeva nomidan pora olgan sobiq talaba 2 yilga qamaldi (video)