11:37 / 21.12.2018
4 347

Qoraqalpog‘istondagi yong‘inda 4 kishi yonib ketdi

Qoraqalpog‘istondagi yong‘inda 4 kishi yonib ketdi
Kecha, 20 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida Sarbiy OFYda joylashgan uyda yashagan fuqaro S.B.ning uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar qildi.

Yong‘in oqibatida uyning 165 kv.metr maydonida tomi, shifti va uy jihozlari hamda VAZ 2106 jiguli rusumli mashina yonib zararlangan. Yong‘inga 4 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘inni o‘chirish vaqtida uyning ichidan uy egalarining to‘rt nafari kuygan holdagi jasadlari topilgan.

Yong‘inni kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘istondagi yong‘inda 4 kishi yonib ketdi