16:35 / 21.12.2018
6 234

O‘zbekiston qizil kitobi nashr etiladi

O‘zbekiston qizil kitobi nashr etiladi
O‘zbekiston qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibi belgilandi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 dekabrdagi qaroriga binoan O‘zbekiston qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq Qizil kitob O‘zbekiston hududida kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o‘simliklar muhofazasi, ularni qayta tiklash maqsadida tashkil etiladi.

Qizil kitobga hayvonot va o‘simlik olami turlarini (kenja turlarini) kiritish (undan chiqarish) bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni Fanlar akademiyasining Zoologiya hamda Botanika institutlari ishlab chiqadi.

Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) va ularni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar Kamyob va yo‘qolib ketish arafasida turgan hayvonlar va o‘simliklarni muhofaza qilish bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) kamyoblik maqomi va yo‘qolib ketish xavfiga ko‘ra 5 ta kategoriyaga mansub bo‘ladi:

– 0-kategoriya – (“Ehtimol yo‘qolib ketgan”);

– 1-kategoriya – (“Yo‘qolib ketish arafasida”);

– 2-kategoriya – (“Miqdori va/yoki tarqalishi kamayib ketayotgan”);

– 3-kategoriya – (“Kamyob”);

– 4-kategoriya – (“Maqomi aniqlanmagan”);

– 5-kategoriya – (“Tiklangan yoki tiklanayotgan”).

Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o‘simliklarning davlat kadastri qonunchilikda belgilangan tartibda Fanlar akademiyasi tomonidan yuritiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston qizil kitobi nashr etiladi