19:47 / 21.12.2018
5 614

Rashid Qodirov ustidan olib borilayotgan tergov qaysi jarayonda? (video)

Rashid Qodirov ustidan olib borilayotgan tergov qaysi jarayonda? (video)
Xalqaro press-klubda ilk marotaba huquqni muhofaza qilish organlari ishtirokida qo‘shma matbuot konferensiyasi o‘tkazildi.

Unda Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Adliya vazirliklari, Davlat bojxona va Davlat soliq qo‘mitalari rahbar o‘rinbosarlari ishtirok etib, o‘z sohalarida 2018 yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, mavjud kamchiliklar hamda 2019 yilda rejalashtirilgan vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev jurnalistlarga Rashid Qodirov va Abdusalom Yo‘ldoshevlarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar taqdiri ne kechayotgani xususida ham so‘zlab berdi.

Huquq posbonining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston sobiq Bosh prokurori Rashid Qodirov ishi bo‘yicha tergov jarayoni yakunlanish arafasida. Sud jarayoni qachon va qayerda bo‘lishi haqida xabardor qilinishi aytib o‘tildi.

Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi sobiq raisining birinchi o‘rinbosari Abdusalom Yo‘ldoshevga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha esa tergov jarayoni davom etmoqda.

Oliy sud tizimidagi matbuot xizmati o‘z vaqtida OAV va aholiga axborotlar yetkazib berilishi haqida ma’lum qilindi.

Shu haqida bayon etilgan lavhani quyidagi VIDEO orqali ko‘rishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rashid Qodirov ustidan olib borilayotgan tergov qaysi jarayonda? (video)