20:23 / 21.12.2018
7 011

Shavkat Mirziyoyev Sergelida qurilayotgan yangi uylarni borib ko‘rdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Sergelida qurilayotgan yangi uylarni borib ko‘rdi (foto)
Bugun poytaxtning Sergeli tumani “Choshtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 66 ta 7 qavatli uy qurilmoqda, deb xabar beradi prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbari joriy yilning iyul oyida bu yerga tashrif buyurgan, o‘sha kunlari qurilishga poydevor qo‘yilib, ishlar boshlangan edi.

Besh oyda bu yerda ulkan mavze qad ko‘tardi. 1 ming 176 xonadonga mo‘ljallangan 21 ta uy barpo etildi. Boshqa uylarning qurilishi davom etmoqda.

Turkiyaning innovatsion texnologiyalari asosida binoning tashqi devorlari harorat saqlovchi materiallar bilan qoplangan. Bu uylarni qishda issiq, yozda salqin bo‘lishini ta’minlaydi.

Prezident ushbu uylardan birini kirib ko‘rdi. Qurilish sohasida yangi tizim yaratilganini, bu aholini uyli qilish bilan birga ko‘plab ish o‘rinlari ham ochayotganini ta’kidladi.

Mavzeda mahalla guzari ham bunyod etilgan bo‘lib, unda mahalla raisi va maslahatchilari xonalari, uy-joy mulkdorlari shirkati, profilaktika inspektori xonasi, kutubxona faoliyat yuritadi.

Shavkat Mirziyoyev tumanning 8-dahasi yonida quriladigan uylar uchastkasida ham bo‘ldi. Bu yerda 27 ta 9 qavatli turar joy barpo etiladi, yana ko‘plab oilalar uy bilan ta’minlanadi, deyiladi xabarda.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Sergelida qurilayotgan yangi uylarni borib ko‘rdi (foto)