20:20 / 24.12.2018
4 744

IIV o‘zbekistonliklarga ogohlantiruv bilan chiqdi

IIV o‘zbekistonliklarga ogohlantiruv bilan chiqdi
Ko‘pchilik yangi yilga oldindan tayyorgarlik ko‘rib, archani bezatish uchun turli o‘yinchoqlar xarid qiladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

IIV quyidagi yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni unutmaslikni so‘ragan:

- o‘quv yurtlarda va tashkilotlarda archani binolarning 1-qavatidagi keng xonalarga o‘rnatilishi, unda xonaning kamida ikkita chiqish joyi bo‘lishi shart;
- o‘tish joylarini sun’iy ravishda toraytirish, u yerlarga qo‘shimcha o‘tirish uchun jihozlar o‘rnatish va belgilangan me’yordan ko‘p odamlar bilan xonalarni to‘ldirish mumkin emas;
- muassasa rahbarlari tantana boshlanishi oldidan yoritgichlar sozligini, elektr sim va kabellar ulanishi «Elektr uskunalarini tuzilish qoidalari» asosida bajarilganligini, yong‘inni o‘chirishga mo‘ljallangan birlamchi vositalari mavjudligini va ularni ishga yaroqliligini tekshirib ko‘rishlari shart;
- yangi yil bayram tadbirlari o‘tkaziladigan ob’ektlarda archa mustahkam qilib o‘rnatilishi, shoxlari devor va shiftlarga tegmasligi, sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan elektr girlyandalari va tez alangalanuvchi buyumlar bilan bezatilmasligi qattiq nazoratga olinishi zarur;
- archa qog‘oz, selluloid o‘yinchoqlar, paxta va tez yonuvchi materiallar bilan bezatilishi mumkin emas;
- archani isitish moslamalari yonida o‘rnatmaslik kerak;
- bayram marosimlari vaqtida turli mushak va boshqa pirotexnika buyumlaridan foydalanish taqiqlanadi;
- bolalarni archa atrofida va archa o‘rnatilgan xonada qarovsiz qoldirish hamda ularni tez yonuvchi materiallardan tayyorlangan kiyimlar bilan yasantirish mumkin emas;
- tadbir vaqtida ochiq olovdan foydalanish va shunga o‘xshash yong‘in yoki portlash xavfi bor ishlarni amalga oshirmaslik zarur;
- nosoz elektr o‘chirgich, rozetka, turli maishiy elektr jihozlardan hamda tashqi himoya qobiqlari shikastlangan yoki zararlangan elektr sim va kabellardan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.

Agarda yong‘in alomati sezilsa, avvalo yosh bolalarni xavfsiz joyga chiqarib, zudlik bilan «101» raqamiga qo‘ng‘iroq qilish kerak.

Ayniqsa, qishning sovuq kunlarida xonadonda yong‘in chiqmasligi uchun nosoz gaz va elektr moslamalari hamda qo‘lbola isitish uskunalaridan foydalanish kerak emas.

«Yong‘in tasodifiy yoki o‘z-o‘zidan kelib chiqadigan kimyoviy holat emas, balki u kimningdir aybi bilan yuzaga keluvchi baxtsiz hodisadir. Ana shu baxtsizlikning oldini olish esa har bir kishining o‘z qo‘lida. O‘z yashash va ish joylaringizda yong‘in xavfsizligi qoidalari talablarini so‘zsiz bajarilishini ta’minlang. Ana shunda yong‘in kelib chiqmaydi va uning oldi olingan bo‘ladi», - deyiladi IIV xabarida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIV o‘zbekistonliklarga ogohlantiruv bilan chiqdi