Toshkent shahri, Yashnobod tumani elektr korxonasi sobiq xodimi A.N. hamda «Toshshahargaz» hududiy filiali xodimi R.K. oldindan o‘zaro til biriktirib, muntazam ravishda noqonuniy harakatlarni amalga oshirib kelishgan.
Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ular Yashnobod tumani Boysun MFYda yashovchi energiya resurslaridan foydalanuvchi iste’molchilardan mavjud (real) qarzdorliklarni ma’lum miqdordagi (qarzdorlik summasiga qarab) naqd pul evaziga «yopib» berishgan. «Shovvozlar» elektr va gaz hisoblagichlari ko‘rsatkichini orqaga aylantirish bilan shug‘ullanib kelishgan.
Ma’lum qilinishicha, Yashnobod tuman elektr korxonasi sobiq xodimi A.N., «Toshshahargaz» hududiy filiali xodimi R.K. Yashnobod tumani Qorako‘l 2-tor ko‘chasidagi xonadon gaz hisoblagich ko‘rsatkichida bo‘lgan 800.000 so‘mlik qarzdorlikni yo‘q qilish yo‘li bilan 500.000 so‘m pora evaziga 100.000 so‘mga qalbaki to‘lov kvitansiyasini, joriy yilning 8 dekabr kuni Boysun ko‘chasidagi uyga borishib, mazkur xonadonning gaz hisoblagichini orqaga aylantirib berish evaziga 350.000 so‘m pullarni qo‘lga kiritishadi.
Shundan so‘ng, firibgarlar noqonuniy harakatlarini davom ettirib, Xatirchi ko‘chasidagi xonadonning ham gaz hisoblagichini orqaga aylantirib uy egasidan 400.000 so‘m pullarni qo‘lga kiritishadi. Bundan tashqari shu kunning o‘zida tumandagi O‘rta yo‘l ko‘chasidagi uy egasiga gaz hisoblagichi eskirganligi, ishlamayotganligini, tezda yangisiga almashtirilishi kerakligini aytib, uy egasini qo‘rqitishadi va yangi hisoblagich o‘rnatish uchun xonadon egasidan 980.000 so‘m pulini olishadi, bu xonadon egasi ham firibgarlarning navbatdagi qurboniga aylanadi.
Shu kunning o‘zida olg‘irlar Boysun ko‘chasidagi uyga tashrif buyurishib, elektr hisoblagichni orqaga aylantirib berishlari evaziga 200.000 so‘m, Boysun ko‘chasidagi uy hisoblagichning qopqog‘ini almashtirishgani evaziga 350.000 so‘m, Axsikat ko‘chasidagi uyning elektr simlarini almashtirib, avtomat qo‘yib berganligi uchun 50.000 so‘m, Axsikat ko‘chasidagi xonadonning elektr energiyasidan 650.000 so‘mlik qarzdorligini yo‘q qilish yo‘li bilan 100.000 so‘m pora evaziga qalbaki to‘lov kvitansiyalarini yozib berishgan.
11 dekabr kuni esa O‘rta yo‘l ko‘chasidagi uyga borishib, elektr hisoblagichni harakatdan to‘xtatib qo‘yishganligi va gaz hisoblagich ko‘rsatkichini orqaga aylantirib bergani evaziga xonadon egasidan 100 AQSh dollarini olib, to‘lovni 100.000 so‘mlik qalbaki kvitansiyaga muhrlashadi. 700.000 so‘mni o‘zaro bo‘lib olishadi.
12 dekabr kuni esa O‘rta yo‘l ko‘chasidagi yana bir xonadon egasidan mavjud qarzdorlikni yo‘q qilish, ya’ni gaz hisoblagichini orqaga aylantirish evaziga 300 AQSh dollarini qo‘lga kiritishadi. Shu ko‘chadagi boshыa bir xonadonda gaz hisoblagichning ko‘rsatkichi taxminan 2.000 kubcha bo‘lgan qarzdorlikni yo‘q qilish evaziga 100 AQSh dollarini uy egasidan olishadi.
Hozirda tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi