14:00 / 25.12.2018
6 024

Pensiyani hisoblab chiqarishda yangi tartib o‘rnatiladi

Pensiyani hisoblab chiqarishda yangi tartib o‘rnatiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 11 dekabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018 yil 13 dekabrda ma’qullangan.
Hujjat bilan «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunning 32-moddasi matni quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«Pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqiga, shuningdek ish haqining natural qismiga:

- 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun – qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta badallari hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar;
- 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar qo‘shiladi.

Davlat ijtimoiy sug‘urtasiga taalluqli bo‘lmagan shaxslarga pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga o‘xshash pul ta’minotining barcha turlari qonun hujjatlariga muvofiq qo‘shiladi.

O‘qish davrida to‘langan stipendiya pensiya so‘rab murojaat etuvchining xohishiga ko‘ra ish haqiga tenglashtiriladi.

Ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan xodimlarning (yakka tartibdagi tadbirkor va u tomonidan yollangan xodimning, dehqon xo‘jaligi va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti a’zosining) pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqining miqdori:

- 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarining miqdoridan;
- 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pensiyani hisoblab chiqarishda yangi tartib o‘rnatiladi