17:17 / 25.12.2018
3 893

O‘zbekistonda arxeologlar Buyuk Xitoy devoriga o‘xshash devorni topdi

O‘zbekistonda arxeologlar Buyuk Xitoy devoriga o‘xshash devorni topdi
Foto: Sputnik
Rossiya Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti xodimlari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti hamkabslari bilan birgalikda eramizdan avvalgi III asrga mansub qadimgi Baqtriyaning shimoliy chegaralarida ko‘chmanchilar hujumidan himoyalanish uchun chegaralarni to‘sib turuvchi yagona mudofaa inshootlari tizimi bo‘lganligini aniqladi, deb xabar berdi Sputnik.

Baqtriya Tojikiston, O‘zbekiston va Afg‘onistonning chegaradosh hududlaridagi tarixiy viloyat. U Hindikush tog‘i janubi va Farg‘ona vodiysi shimolidagi yerlarni o‘z ichiga qamrab olgan. Afg‘oniston shimolidagi Baqtra shahri bu davlatning poytaxti bo‘lgan.

Rossiya va o‘zbekistonlik mutaxassislar Uzundara qal’asini o‘rganish jarayonida u ulkan mudofaa tizimining bir qismi bo‘lganligini isbotladi. 2018 yilgi qazishma ishlari natijasida olimlar qal’aning ichki qo‘rg‘onini to‘liq ochdi va uning batafsil arxitektura rejasini tuzdi. Ular qal’aning qurilishi, hayoti haqida guvohlik qiluvchi boy arxeologik materiallar topgan. Shuningdek, hujum oqibatida qal’aning qulaganligidan darak beruvchi materiallar olgan.

«Biz noyob namuna oldik, buning ustiga bu birinchi va hozirda Salavkiylar ilk davrining sharqiy Ellin qal’asining yagona namunasidir. Yangi ma’lumotlar Uzundara qal’asi yagona mudofaa inshootlari tizimiga kirganini tasdiqlashga imkon beradi», — dedi ekspeditsiya rahbari Nigora Dvurechenskaya.

Olimlarning 2018 yilda to‘plagan ma’lumotlari tog‘lar tabiiy chegara vazifasini o‘tagani, ular orasidagi yo‘llar esa bir-biri bilan yagona tizimga bog‘langan qal’alar orqali nazorat qilinganligini isbotlaydi. Ekspeditsiya ishtirokchilari bu tizimni shartli ravishda «Buyuk Baqtriya devori» deb atamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda arxeologlar Buyuk Xitoy devoriga o‘xshash devorni topdi