20:13 / 25.12.2018
6 200

O‘zbekistondagi tijorat banklari omonat foiz stavkalarini oshirdi

O‘zbekistondagi tijorat banklari omonat foiz stavkalarini oshirdi
O‘zbekistondagi tijorat banklari jismoniy shaxslarning so‘mdagi omonat depozitlari bo‘yicha foiz stavkalarini oshirdi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotida keltiriladi. Shunday qilib, respublikadagi tijorat banklariga 1 yildan ortiq muddatga qo‘yilgan omonat stavkalari 17,2 foiz o‘rniga, yillik 18 foiz qilib belgilandi.

Qisqa muddatli omonat turlari bo‘yicha foiz stavkalari quyidagicha qilib belgilandi:
30 kungacha – yillik 14,1 foiz;
31 kundan 90 kungacha – yillik 14,6 foiz;
91 kundan 180 kungacha – yillik 16 foiz;
181 dan 365 kungacha – yillik 16,2 foiz.

Yuridik shaxslarning depozitlari bo‘yicha eng yuqori foiz stavkalari 15,1 foizni tashkil etadi. Bu foiz stavkasi 31 kundan 90 kungacha bo‘lgan omonatlar turlari uchun amal qiladi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2018 yil uchun inflyatsiya darajasini O‘zbekiston uchun 18 foiz qilib prognoz qilgan edi. Shuningdek, davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilning 11 oyi ichida mamlakatda tovar va xizmatlar narxi 12 foizga oshgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi tijorat banklari omonat foiz stavkalarini oshirdi