09:04 / 26.12.2018
4 297

31 dekabr kuni avtobus haydovchilar qorbobo kiyimida bo‘lib, ishni bir soat kech tugatishadi

31 dekabr kuni avtobus haydovchilar qorbobo kiyimida bo‘lib, ishni bir soat kech tugatishadi
Yangi yil bayrami tadbirlari munosabati bilan, Toshkent shahri aholisi va mehmonlariga mazmunli hordik chiqarish, madaniy dam olish shart-sharoitlarini yaratish to‘g‘risida Toshkent shahar hokimining 2018 yil 14 dekabrdagi 1794-sonli qaroriga asosan, «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan 2018 yil 20 dekabrdagi 238-sonli buyrug‘i qabul qilindi hamda quyidagi ishlar amalga oshirildi.

1) 2018 yil 31 dekabrda Toshkent shahridagi barcha avtobus yo‘nalishlari ish rejimiga o‘zgartirish kiritilib, ish tugash vaqti 1 soatga uzaytirildi.

2) Barcha yo‘nalishlardagi avtobuslar yangi yil bayramiga mos ravishda bezatilmoqda, haydovchilarni bayram kunlari qorbobo kiyimida ishga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

3) Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahri ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanganligini inobatga olib:

– Istiqlol va Zarafshon ko‘chalarining yopilishi munosabati bilan, 90A, 91A, 115A-sonli yo‘nalishlardagi avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali, “Navoiy – A.Temur” ko‘chalari chorrahasigacha, A.Temur ko‘chasi (Oloy bozori tomonga) orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi;

– Istiqlol ko‘chasining yopilishi munosabati bilan, 53A-sonli yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali “Navoiy – A.Temur” ko‘chalari chorrahasigacha, chorrahadan burilib olib, Navoiy ko‘chasi orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi; shuningdek, 33A, 55A, 96A-sonli yo‘nalishlarda avtobuslar harakati A.Temur ko‘chasi orqali “Navoiy – A.Temur” ko‘chalari chorrahasigacha, Shahrisabz ko‘chasi orqali o‘z yo‘nalishlari bo‘ylab harakatini davom ettiradi;

– Sebzor ko‘chasining yopilishi munosabati bilan, 9A, 17A, 52A-sonli yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali “Navoiy – Abay” ko‘chalari chorrahasigacha, Abay ko‘chasi orqali o‘z yo‘nalishlari bo‘ylab harakatini davom ettiradi; 150-sonli yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali “Navoiy – Abay” ko‘chalari chorrahasigacha, Abay ko‘chasi orqali “Abay – A.Qodiriy” ko‘chalari chorrahasigacha, A.Qodiriy, Sebzor ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi;

– So‘galli ota ko‘chasining (Algoritm korxonasi oldida) yopilishi munosabati bilan, 13A, 69A, 107-sonli yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar harakati Zargarlik, Zargarlik 5-tor, Diydor, So‘galli ota, Dilband ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi; 4A, 48A, 87A, 94A, 146A-sonli yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar harakati So‘galli ota, Zargarlik, Zargarlik 5-tor, Diydor, So‘galli ota, Dilband ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 31 dekabr kuni avtobus haydovchilar qorbobo kiyimida bo‘lib, ishni bir soat kech tugatishadi