12:12 / 27.12.2018
5 504

Behzod Musayev Davlat soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlandi

Behzod Musayev Davlat soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlandi
Davlat soliq qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Behzod Anvarovich Musayev Davlat soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda DSQ saytida xabar berilgan.

Behzod Musayev 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

U Davlat soliq xizmati organlaridagi mehnat faoliyatini 2010 yilda boshlagan. Avval O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimida ham ishlagan, 12 mart kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari vazifasiga tayinlangandi.

Bungacha, u 2010-2011 yillarda ham shu lavozimda faoliyat yuritgandi.

Eslatib o‘tamiz, Davlat soliq qo‘mitasining bundan avvalgi raisi Botir Parpiyev joriy yilning 11 may kuni ishdan olingandi. Shu kuni Musayev Parpiyev o‘rniga DSQ raisi vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Behzod Musayev Davlat soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlandi