12:26 / 28.12.2018
4 052

Bekobodda ota va o‘g‘ilni pichoqlab ketishdi

Bekobodda ota va o‘g‘ilni pichoqlab ketishdi
26 dekabr kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi X.M. birga yashovchi qarindoshi H.Yu. va qo‘shnisi A.A.lar mast holda Iqtidor ko‘chasidan o‘tuvchi temir yo‘l kesishmasi oldida hech bir sababsiz fuqaro J.Ya.ga pichoq bilan hamda ularni ajratmoqchi bo‘lgan otasi H.Ya.ning yuz qismiga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazib, voqea joyidan qochib ketganlar.

Natijada ota va bola kasalxonaga yotqizilganlar. Ko‘rilgan choralar natijasida jarohat yetkazgan uch nafar shaxs ham qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: "Hordiq"

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bekobodda ota va o‘g‘ilni pichoqlab ketishdi