Prezident parlamentga murojaatnomasida davlat xizmatchilari faoliyatini baholash bo‘yicha samarali mexanizm yaratish kerakligi haqida gapirdi. Prezident viloyat, tuman va shahar hokimlarida mustaqil qaror qabul qilish imkoniyatlari va tashabbuskorlik chegaralanganini tanqid qildi.
«Hokimlar qarorni Toshkentdan kutadi. Lekin u zamonlar o‘tib bo‘ldi. Endi barcha tashabbuslar tepadan pastga emas, pastdan tepaga kelishi kerak. Prezident apparati esa faqat o‘zining ishini qilsin. Hokimlarni tayinlagan kengash o‘z aravasini o‘zi tortishi kerak.
Hozir tuman hokimini tayinlash ham prezident apparatiga keladi. Bu yerda qani mustaqillik? Viloyat va shahar hokimlari, tuman hokimlariga mustaqillik beringlar! Har bir viloyatning byudjeti o‘ziga buyursin. Fuqaro boy bo‘lsa, davlat ham boy bo‘ladi. Shu kabi, viloyatlar boy bo‘lsa, davlat boy bo‘ladi», dedi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi