O‘zbekistonda endi mahallalarda jinoyat sodir etilsa, buning uchun mahalla raisi, profilaktika inspektori, uning yordamchisi jarimaga tortiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida aytildi.
«Jinoyatchilikni jilovlashimiz kerak. Investitsiya olib kelayotgan odam internetdan ko‘radi: tinchmi yoki notinchmi davlat, deb. Kelib kechalari ham bemalol yurishi kerak. Bizda oldin soat sakkizdan hammayoqni yopib qo‘yib, qorovullik qilardik. Bolalarimiz keyin qayerga borishini bilmay yurardi. Borsin, aylansin. Lekin qonun ustuvorligini davlat ta’minlashi kerak», - dedi davlat rahbari.
Qayd etilishicha, jinoyatchilikka qarshi kurashda ijobiy natijaga erishgan profilaktika inspektorlari va mahalla faollari rag‘batlantiriladi. Vazifasini yaxshi bajargan xodimlarga ustama haq to‘lanadi.
«Agar mahallada jinoyat bo‘lmasa, mahalla raisiga ham, profilaktika inspektoriga ham, uning yordamchisiga ham to‘laymiz. Jinoyat bo‘lganlarga ellik foiz jarima solamiz. O‘ylaymanki, bu adolatdan bo‘ladi.
Jinoyatchilikni jilovlashimiz kerak. Endi viloyat hokimi jinoyat bo‘lsa, har kuni bir soat barcha mutasaddilarni yig‘ib, yig‘ilish o‘tkazadi. Jinoyat sababi o‘rganiladi. Joylardagi xotin-qizlar vakillari uxlab o‘tiribdi», - dedi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi