01:11 / 29.12.2018
4 335

Xodimni ishdan bo‘shatishdan avval e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan uch omil

Xodimni ishdan bo‘shatishdan avval e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan uch omil
Ertami yoki kechmi rahbarlar kimnidir ishdan bo‘shatishiga to‘g‘ri keladi. Bu qarorni qabul qilish oson bo‘lmaydi, axir vaziyatni ob’ektiv baholash zarur.

Aytishadi-ku, xodimni ishga olish jarayoni asta-sekin, bo‘shatish esa tez bo‘lishi kerak, deb. Tadbirkor Adam Bornshteyn bu fikrga qarshi. U ishdan ketkazish to‘g‘risidagi qarorni shoshilmasdan quyidagi jihatlarni o‘ylab ko‘rgan holda qabul qilish lozim, deb hisoblaydi.

Bornshteyn xodimning kompaniyaga kerakliligini uchta xususiyat bo‘yicha baholashni taklif etadi.

Samaradorlik

Bu xodim umumiy ishga qanday hissa qo‘shyapti?

Samarali xodim nafaqat rahbar tomonidan belgilangan vazifalarni bajaribgina qolmay, bundan-da ko‘proq ishlarni ham amalga oshiradi. Odatda minimal hissa yetarli emas. Aynan u tufayli ko‘plab kichik bizneslar uch yilning ichida kasodga uchraydi.

“Men aytgan ishnigina bajaring” munosabati kompaniyani jar yoqasiga olib borishi mumkin. Yaxshisi xodimlarga biznes rivoji uchun nimani amalga oshirishlarini kutayotganingizni taxminan tushuntiring va bundan-da ko‘prog‘ini kutishingizni bildiring. Agar o‘rnatilgan chegaralardan chiqsangiz, raqobatbardosh afzallikka ega bo‘lasiz. Muvaffaqiyat uchun imkoniyatlar chegarasidan biroz bo‘lsa-da chiqish kerak.

Samaradorlik va imkoniyatlar

Xodim kompaniya ishini yaxshilashda qanday yordam beryapti?

Agar xodim kompaniya ishini rivojlantirishda ishtirok etmayotgan, unga yangi imkoniyatlar qo‘shmayotgan bo‘lsa, balki bunday xodim nima uchun zarurligi borasida o‘ylab ko‘rish kerakdir?

Shaxsiy jihatlar

Xodim jamoadagi muhitga qanday ta’sir qiladi?

Xodimning shaxs sifatidagi qadri, sanab o‘tilayotgan biznes jihatlar kabi muhim. Balki hurmat, odamlar bilan muloqot qilish va g‘amxo‘rlik hisobotlaringizda aks etmasa ham, aslida ular kompaniyaning ichki va tashqi faoliyati hamda o‘sishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Ana shu uch jihatga mos kelmaganda xodimni ishdan bo‘shatishingiz kerakmi? Agar unda hatto bittasi yetishmasa ham bunday xodimni kompaniyada olib qolib tavakkalchilikka yo‘l qo‘yyapsiz. Agar xodim yuqoridagi talablarga javob bersa, vazifangiz — u munosib lavozimni egallashi uchun barcha sharoitni yaratib berish.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Xodimni ishdan bo‘shatishdan avval e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan uch omil
[/banner_pushhouse