14:41 / 29.12.2018
4 249

Bir kechada 2 o‘smir 8 ta mashina oynasini sindirib, o‘g‘irlik sodir etdi

Bir kechada 2 o‘smir 8 ta mashina oynasini sindirib, o‘g‘irlik sodir etdi
Toshkent shahri Sergeli tumanida 25 dekabrga o‘tar kechasi noma’lum kishilar bir nechta avtomobilning oynasini sindirgan va ularning salonidan pul va buyumlarni o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Sergeli tumani IIB xodimlari jabrlanganlardan birining xabariga asosan hodisa joyiga yetib borgan. Tonggi soat 3:00 dan 5:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 8 ta mashinaning oynalari sindirilgani aniqlangan. Biroq hodisa haqida ariza berishga besh nafar haydovchi rozi bo‘lgan.

Jinoyatga aloqadorlikda gumonlanganlar videokameralardagi tasvirlar bo‘yicha aniqlangan. Shu kunning o‘zida shu tumanda yashovchi ikki nafar o‘smir qo‘lga olingan. Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O‘g‘rilik») 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir kechada 2 o‘smir 8 ta mashina oynasini sindirib, o‘g‘irlik sodir etdi