Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat ko‘rsatish tartibi va hajmlari to‘g‘risida nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning «Huquqiy axborot» Telegram-kanali xabar berdi.
Nizomga muvofiq, okkultizm-afsun, shuningdek diniy marosimlar orqali kasalliklarni davolash xalq tabobati hisoblanmaydi. Shuningdek, xalq tabobatining quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha bir yoki bir necha usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin:
- invaziv (akupunktura, su-jok terapiya, xijoma);
- noinvaziv (manual terapiya, akupressura);
- biologik invaziv (gomeopatiya, girudoterapiya, apiterapiya);
- parhez va o‘simlik vositalarini qo‘llash (fitoterapiya, ochlik bilan davolash).
Nizomga ko‘ra, xalq tabobati usullaridan foydalanib tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish xalq tabobati shifokori va xalq tabobati bo‘yicha mutaxassis tomonidan ambulatoriya va statsionar turdagi tibbiy tashkilotlarda amalga oshiriladi.
Xalq tabobati usullari bilan davolashning maqsadga muvofiqligini belgilashda xalq tabobati mutaxassisi tegishli shifokor bilan maslahatlashishi shart.
Tibbiyot tashkilotlarida bemorlarni xalq tabobati mutaxassislari tomonidan qabul qilish bemor shifokor ko‘rigidan o‘tgandan so‘ng amalga oshiriladi hamda tibbiy ko‘rik va tekshiruvlardan o‘tgan bemorning ambulator kartasiga yoki kasallik tarixiga xalq tabobatini qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatma yoki qarshi ko‘rsatma to‘g‘risida yozuv kiritilishi shart.
Bolalar va homilador ayollarga pediatr, umumiy amaliyot yoki ginekolog shifokorning xulosasi mavjud bo‘lganda xalq tabobati usullarini qo‘llash orqali tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat etiladi.
Xalq tabobati mutaxassisi bemorga qo‘llanilgan xalq tabobati usuli va o‘tkazilgan muolajalar haqidagi ma’lumotlarni bemorning ambulator kartasi yoki kasallik tarixiga yozib qo‘yishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi