11:52 / 02.01.2019
4 316

Agrippina Shin: «Insonning shaxsiyati va iqtidori aynan bolalik chog‘ida ochilishi kerak»

Agrippina Shin: «Insonning shaxsiyati va iqtidori aynan bolalik chog‘ida ochilishi kerak»
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin Kun.uz’ga bergan intervyusida 2021 yilgacha barcha bolalar maktabga ta’lim bilan qamrab olinishini ta’kidlab o‘tdi.

— Sizning o‘zingiz haqida suhbatlashsak qarshi emasmisiz? Vazir etib tayinlanguningizga qadar ko‘pchilik siz haqingizda eshitmagan. «Agrippina Shin kim?» deb savol berganlar ko‘p bo‘lgan. Bu savolga javob bera olasizmi?
— Bu men uchun juda kutilmagan savol bo‘ldi. Lekin meni bilishgan ko‘pchilik. Chunki men kasb-hunar ta’limi tizimida ishlaganman. Bu tizimdagilar meni rahbar sifatida ham bilishgan…

— Biz oddiy odamlarni nazarda tutdik…
— Meni oddiy odamlar ham yaxshi tashkilotchi, menejer, birinchi navbatda o‘smirlar uchun qayg‘uradigan rahbar sifatida tanishardi. O‘shanda men ko‘proq o‘smirlar bilan ishlardim. Bu ulg‘ayayotgan inson hayotidagi o‘ta murakkab davr. Inson mustaqil hayotga qadam tashlayotgan pallalar.

Ayni paytda men maktabgacha ta’lim bilan shug‘ullanyapman, ya’ni mutlaqo yangi tizimdaman, lekin ham boshqaruv, ham boshqa jihatlardagi o‘tmishdagi tajribam menga katta yordam bermoqda. Chunki o‘smirlar bilan ko‘p ishlab, bolalikda qanday xato va e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yilganini juda yaxshi o‘rganganman. Hammasini bolalikdan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kerak. Insonning shaxsiyatini, uning iqtidorini aynan bolalik chog‘ida ochish kerak.

— Siz kollej direktori lavozimida ishlagansiz. Prezident sizni vazir etib tayinlagani haqida ilk bor eshitganingizda xayolingizni chulg‘ab olgan ilk fikr nima bo‘lgan?
— Albatta, bu juda kutilmagan hol bo‘ldi. Ma’lum bir shubhalar ham bo‘ldi… Lekin…

— Boshida ishonmadingizmi?
— Yo‘q, unaqa emas. Bu biroz boshqacha soha, shu sababli. Lekin bu mamlakatimizga kerak ekan, men islohotlarga qo‘rqmasdan bosh bo‘laman. Chunki men o‘z xarakterimga ko‘ra yetakchiman, doimo islohotlarga bosh-qosh bo‘lib kelganman. Bu yerda jajji bolakaylar-ku. Men o‘zim ham onaman, buviman. Uch nafar nabiram bor. Boshqaruv sohasida ishlaganlarim, hayotiy tajribam bu yerda ishlashga albatta yordam beradi.

— Shuncha ish bor. Sizga og‘irlik qilmaydimi?
— Bilasizmi, bu juda qiziq ish. Senga islohotga bosh bo‘lganingni o‘zi qanot bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim isloh qilinishi va bolalarimiz mutlaqo yangi ta’lim muhiti, mutlaqo yangi sharoitlarga ega bo‘lishi tufayli, bunday komandada ishlashdan har bir inson baxt hissini tuysa kerak. Bu tarixiy davr. Bu O‘zbekistonning eng yangi tarixi.

— Buni boy bermaslik kerak, deysiz-da?..
— Agar ish tajribasi kerak bo‘lsa, nega odam o‘zini bu islohotchilar jamoasidan chetda tutishi kerak?
Ruslan Ramazanov suhbatlashdi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Agrippina Shin: «Insonning shaxsiyati va iqtidori aynan bolalik chog‘ida ochilishi kerak»