19:41 / 02.01.2019
3 551

Endi fuqarolar o‘z uyini sayyohlarga ijaraga berishi mumkin

Endi fuqarolar o‘z uyini sayyohlarga ijaraga berishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasiga qo‘yilgan "Ayrim turdagi inshootlarni vaqtinchalik yashash uchun berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qonun loyihasiga ko‘ra, 2019 yilning 1 yanvaridan «emehmon.uz» yagona elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tgan turar-joy egalari o‘z inshootlarini qisqa muddatli ijara shartnomasiga muvofiq 30 kungacha muddatga elektron shaklda notarial tasdiqlovsiz va soliq organlarida qayd etmagan holda ijaraga berish huquqiga ega.

30 kungacha, lekin bir yilda 60 kundan oshmagan muddat uchun ijaraga turar-joy inshootini taqdim etuvchi kishilar hech qanday qaydnomasiz tadbirkorlik sub’ekti sifatida sayyohlarga joylashuv xizmatlarini ko‘rsatishlari mumkin.

30 kungacha, ammo yiliga 60 kundan ortiq muddat uchun ijaraga turar-joy inshootini taqdim etuvchi mulkdorlar tadbirkorlik sub’ekti sifatida ro‘yxatdan o‘tishi va ijaraga taqdim etilayotgan turar-joydan qonunchilik bilan belgilangan tartibda joylashuv vositasi sifatida foydalanishi shart.

Ijaraga berilayotgan turar-joy inshootlari soddalashtirilgan tartibda, turar-joy inshootlari ijarasi shartnomalari hisobga olingan yagona reyestrga kiritish yo‘li bilan sertifikatsiya qilinadi.

Turistik yig‘im uchun javobgarlik sayyohlarni qabul qiluvchi va (yoki) turar-joy inshootiga vaqtinchalik joylashtiruvchi shaxslar zimmasiga yuklanadi.

Qonun loyihasining to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://regulation.gov.uz/uz/document/1197

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi fuqarolar o‘z uyini sayyohlarga ijaraga berishi mumkin