17:45 / 05.01.2019
5 847

Harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlarga alohida kvotalar ajratiladi

Harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlarga alohida kvotalar ajratiladi
O‘zbekistonda harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlarga alohida kvotalar ajratiladi va shu kvota doirasida test sinovlari o‘tkaziladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
- harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlarga tegishli o‘quv yili uchun tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari doirasida alohida kvotalar ajratish va test sinovlarini o‘tkazish;
- harbiy qism komandirining tavsiyanomasi faqat harbiy oliygohlar uchun imtiyozga ega bo‘lishi nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2019 yil 1 may, ijro uchun mas’ullar - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat test markazi, Mudofaa vazirligi, DXX, Milliy gvardiya.

Shuningdek, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi va ilmiy-o‘quv jarayoni sifati tubdan yaxshilanadi.

Bu borada 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning tarmoq jadvallari tayyorlanadi. Bunda Investitsiya dasturlariga kiritilgan ta’lim muassasalari ob’ektlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish choralari nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - yil davomida, ijro uchun mas’ullar - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlarga alohida kvotalar ajratiladi