14:53 / 06.01.2019
4 664

O‘zbekistonda 17 marta turmush qurish taklifi havo sharlarida amalga oshirildi

O‘zbekistonda 17 marta turmush qurish taklifi havo sharlarida amalga oshirildi
Foto: «Podrobno.uz»
O‘zbekistonda 2018 yilda 17 ta turmush qurish taklifi havo sharlarida amalga oshirildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Aeronavtika Federatsiyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yil davomida 325 ta ko‘tarilish amalga oshirildi, parvozlarda 2130 kishi ishtirok etdi, shundan 500 nafari bolalar, ular orasida mehribonlik uyi va kam taminlangan oilalarning farzandlari ham bor.

Havo sharlari to‘rtta to‘y marosimida ishtirok etdi, 17 marta O‘zbekistonning tarixiy obidalari ustidan erkin parvoz amalga oshirdi. O‘tgan yili 250 mingdan ortiq o‘zbekistonlik hayotida ilk bor havo sharini ko‘rdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston aeronavtika Federatsiyasi 2017 yilning boshida tashkil etilgan. O‘zbek aeronavtlari uchun havo sharlari Rossiyaning «Rusbal» ilmiy-ishlab chiqarish korxonasida tayyorlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 17 marta turmush qurish taklifi havo sharlarida amalga oshirildi