2018 yil 12 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qo‘riqlanishini ta’minlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan.
Qarorga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslarning uy-joylari va xonadonlariga ularga qo‘riqlash xizmatini ko‘rsatish mobaynida foydalanishga beriladigan qo‘riqlov texnik vositalari jihozlarini o‘rnatish hamda bepul texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarish ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Xo‘sh, tabiiy savol tug‘iladi: ichki ishlar organlari shuncha mablag‘ni qayerdan oladi? Yuqoridagi qarorda bu savolga javob va yechim belgilangan.
Ya’ni prezidentning 2018 yil 29 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan boshlab davlat maqsadli jamg‘armalariga undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilinadi. Shu munosabat bilan ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmatining bo‘shaydigan moliyaviy mablag‘lari jismoniy shaxslarning xonadonlari va uy-joylariga bosqichma-bosqich qo‘riqlov jihozlarini bepul o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
«Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi