Foto: Buxoro viloyati IIB
Buxoro tumanidagi «Sheyxon» MFY Dexchabegi qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi «Sattorobod» arig‘idan 20 yashar yigitning murdasi topildi. Buxoro viloyat IIB matbuot xizmati rahbari, mayor Quvvat Yarashovning «Daryo»ga xabar berishicha, fojia rashk oqibatida sodir etilgan.
1999 yilda tug‘ilgan marhum Sh.S. tengdoshi A.U. bilan oldindan tanish bo‘lgan. A.U.o‘zi yoqtirgan qiz bilan Sh.S.ning ishqiy munosabatda bo‘lib kelganidan xabar topib, rashk oqibatida uni o‘ldirish payiga tushgan. Shu maqsadda A.U. Sh.S.ni Buxoro shahridagi «Rohat» avtobekatiga chaqirgan. Ikki yigit Sh.S.ga tegishli avtomashina salonida qattiq janjallashib qolgan.
A.U. o‘zi bilan birga olib kelgan oshxona pichog‘i bilan Sh.S.ning ko‘krak qafasi oldi va yuzasiga 2 marta, chap yelka kamari sohasiga 2 marta va chap qo‘ltiqosti sohasiga 1 marotaba urib, jarohat yetkazib, qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etgan. A.U. o‘z jinoyatini yashirish maqsadida Sh.S.ning shaxsiy mashinasidan foydalanib, uning murdasini Buxoro tumanidagi «Sattorobod» arig‘iga tashlagan. Unga tegishli avtomashinani esa Do‘lama qishlog‘i hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li yoqasiga qulflangan holatda tashlab ketgan.
Foto: Buxoro viloyati IIB
«Tezkor sa’y-harakatlar natijasida sodir etilgan jinoyat aniqlandi. Endigina 20 yoshda bo‘lgan fuqaro A.U. tomonidan sodir etilgan qotillik sabablari o‘rganilmoqda. Ota-onalar, mahalla-ko‘y, huquq-tartibot idoralari vakillari o‘rtasida yig‘ilishlar o‘tkazilib, jinoyat muhokama qilinmoqda», — dedi Buxoro tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik Azimjon Xoliqov.
Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi («qasddan odam o‘ldirish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu modda bilan aybdor deb topilgan shaxslar kamida 10 yilga ozodlikdan mahrum etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»