18:08 / 08.01.2019
3 892

“Ipoteka bank” xodimiga 70 dan ortiq holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi

“Ipoteka bank” xodimiga 70 dan ortiq holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi
To‘lov kvitansiyalari bank dasturiga kirim qilinmasdan soxtalashtirilishi yoki to‘langan pullar shaxsiy ehtiyoj uchun ishlatib yuborilishi ham mumkinmi? Farg‘onada bank xodimi shunday jinoyatga qo‘l urdi, deb yozadi O‘zA.

“Ipoteka bank” Farg‘ona viloyati filialining 28-sonli jamg‘arma kassasi nazoratchi kassiri lavozimida ishlagan Farhod Sobirov fuqarolar tomonidan to‘langan mablag‘larni bankka topshirmasdan, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Hujjatlarni soxtalashtirib, davlat mablag‘ini talon-taroj qilgan.

U o‘zining ish faoliyati davomida Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi davlat ijrochilari ish yurituvidagi ijro hujjatlari bo‘yicha fuqarolar tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji va jarimalarni qabul qilar edi. Bankka kelayotgan pullarni ko‘rib, F.Sobirov o‘ziga yuklatilgan burch va mas’uliyatni unutdi. 71 ta holatda 30 million 311 ming 500 so‘mlik pul mablag‘larini fuqarolardan to‘lov uchun qabul qilib, pullarni olgani to‘g‘risidagi kvitansiyalarini ikki nusxada rasmiylashtiradi. Qabul qilingan pullarni o‘zining javobgarligiga olgani holda o‘z mansab vakolatidan qasddan foydalanib, bankka topshirmasdan, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib, davlat byudjetiga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilgan.

Bundan tashqari, F.Sobirov o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, ATIB “Ipoteka bank“ Farg‘ona viloyati filialiga qarashli 28-sonli jamg‘arma kassa shoxobchasi kassiri X.Boqijonova tomonidan o‘ziga biriktirilgan bank muhri bosilgan holda Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi davlat ijrochilari ish yurituvidagi ijro hujjatlari bo‘yicha 7 ta holatda qabul qilib olingan 4 million 831 ming so‘mlik pul mablag‘larini imi-jimida o‘zlashtirib yuborgan.

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limidagi ijro hujjatlaridagi to‘lov hujjatlari o‘rganilganda uning nojo‘ya harakatlari aniqlandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tumani sudining ochiq sud majlisida F.Sobirovga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, unga tegishli jazo tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Ipoteka bank” xodimiga 70 dan ortiq holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi