18:16 / 09.01.2019
5 177

“Qora bozor”da dollar qanchadan sotilayotgani maʼlum boʻldi

“Qora bozor”da dollar qanchadan sotilayotgani maʼlum boʻldi
Toshkentda 10 ming AQSH dollarini noqonuniy ravishda sotgani uchun uch nafar erkak qoʻlga olindi, deya xabar berdi Kun.uz nashri.

Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 5 yanvar kuni huquqni muhofaza qilish idoralariga oʻzini Nuriddin deb tanishtirgan erkak ayol kishiga dollarni soʻmga “qora bozor” kursida - bir AQSH dollari uchun 8500 soʻmdan almashtirib berishni taklif qilgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Qoʻshma tadbirlar natijasida IIBB xodimlari va Bosh prokuratura vakillari chet el valyutasining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanganlikda gumon qilib uch nafar erkakni qoʻlga olishdi.
IIBBdan taʼkidlashlaricha, ushbu holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof tarzda sotish yoki sotib olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Qora bozor”da dollar qanchadan sotilayotgani maʼlum boʻldi