23:15 / 09.01.2019
6 806

Jizzaxda bir kollejning 2 nafar oʻquvchisi oʻzini osib qoʻydi

Jizzaxda bir kollejning 2 nafar oʻquvchisi oʻzini osib qoʻydi
Jizzax viloyatidagi Forish maishiy xizmat kasb-hunar kollejining 3 kurs oʻquvchisi 6 yanvar kuni oʻz uyida oʻzini osib qoʻygan. Ca-newsʻning xabar berishicha oʻtgan yil 28 dekabr kuni mazkur kollejning yana bir 3 kurs oʻquvchi qizi ham oʻzini osgan.

Forish maishiy xizmat kasb-hunar kollejining 3 kurs oʻquvchisi Sh.U. 6 yanvar kuni oʻz uyidagi molxonada osilgan holda topilgan. Bu haqda manbaga kollej oʻqituvchilaridan biri maʼlum qilgan.

–Fojia sodir boʻlgan kuni oʻquvchi doʻstlarini uyiga mehmonga chaqirgan. Ular oʻchoqda ovqat tayyorlashgan. Ovqat tayyor boʻlgach Sh.U. xojatxonaga borishini aytib molxona tomon yurgan. Sh. qaytib kelavermagach doʻstlari uni qidirishni boshlashgan va molxonadan topishgan, – deydi manba bilan suhbatlashgan fuqaro.

Uning soʻzlariga koʻra Yangi yil bayrami arafasida mazkur kollejning yana bir oʻquvchi qizi ham oʻzini osib qoʻygan. Yil boshida yana sodir boʻlgan shunday voqeadan soʻng ular ikkisining orasida munosabat bor degan tahminlar boʻlgan. Lekin kollej oʻquvchilari buni inkor qilishgan.

Forish tuman ichki ishlar xodimi manbaga kollejning ikki oʻquvchisi oʻzlarini osib oʻldirganliklari haqidagi xabarni tasdiqlagan. U shuningdek mazkur ish bilan tuman prokuraturasi shugʻullanayotganini taʼkidladi.

Manbaning xabar berishicha vafot etgan ikki oʻquvchi oʻziga toʻq oiladan boʻlgan.

Manba: everyday.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda bir kollejning 2 nafar oʻquvchisi oʻzini osib qoʻydi