17:39 / 10.01.2019
5 784

«O‘rikzor» bozoridagi do‘kondan katta miqdordagi pullar o‘g‘irlandi

«O‘rikzor» bozoridagi do‘kondan katta miqdordagi pullar o‘g‘irlandi
2019 yil 7 yanvar kuni noma’lum shaxs Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi A.Yu.ga tegishli, TXAY ko‘chasida joylashgan “O‘rikzor savdo kompleksi” MChJ hududidagi savdo do‘koniga kalit tanlash yo‘li bilan kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u 14 mln 500 ming so‘m pul va 500 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Uchtepa tumanida yashovchi A.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘rikzor» bozoridagi do‘kondan katta miqdordagi pullar o‘g‘irlandi