21:21 / 10.01.2019
8 479

“Zo’r TV” qoraqalpog‘istonlik jurnalistdan kechirim so‘radi

“Zo’r TV” qoraqalpog‘istonlik jurnalistdan kechirim so‘radi
Qoraqalpog‘istonlik jurnalist Dao‘letmurat Tajimuratov “Zo’rTV” kanali bo‘yicha O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ariza bilan murojaat etdi. Ya’ni kanalning shou ko‘rsatuvlaridan birida boshlovchi kichkina 4-5 yashar qiz va bolaga “Agar qiz yigitni yaxshi ko‘rsa qanday qilib bildiradi”, deb savol beradi.

Kichkina bola savolga javob berolmaydi, jajji qiz esa “qizlarga xos noz bilan”, deydi uyalib. Boshlovchi “Uchrashuvga qiz taklif qiladimi yoki..? Restoranga borsa, pulni kim to‘laydi”, qabilidagi savollar bilan ham yuzlanadi. Bunday savollarni kutmagan kichkintoylar nima deyishini bilmay qoladi.

Jurnalist Dao‘letmurat Tajimuratov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyaga “ushbu tijoriy kanalni sudga berish tugul, faoliyatini tugatish kerak”, deb yozadi. Mazkur ariza tegishli tartibda o‘rganilib, “Zo’r TV” kanali jurnalistdan kechirim so‘raydi va ushbu dastur efirga uzatilmasligini ma’lum qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Zo’r TV” qoraqalpog‘istonlik jurnalistdan kechirim so‘radi